Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi "Farg`ona" kanalida 20 yoshli yigit cho`kib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat bo`yicha "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 5 avgust kuni soat 13:00 larda Andijon tumanida yashovchi M.M. viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib, Oltinko`l tumani Gulbog` MFY Gulbog` ko`chasidan o`tib ketayotgan vaqtida, ushbu hududdan oqib o`tgan Katta Farg`ona kanaliga yoshi taxminan 25-30 yoshlardagi erkak jinsiga mansub shaxs cho`milish maqsadida suvga tushib, oqib ketganligini bildirgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, suvda cho`kkan shaxs Andijon tumani Qo`shariq MFYda yashagan, 2003 yilda tug`ilgan, Andijon Arxitektura institutining 3-bosqich talabasi H.G`. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda fuqaro H.G`.ning oqib ketganligi holati yuzasidan to`plangan hujjatlar, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun Oltinko`l tuman prokuraturasiga yuborilgan.






