Xorazm viloyati Urganch shahrida ichki ishlar organi bo`lim boshlig`i avtohalokat oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 4 avgust kuni “Urganch – Xiva” yo`nalishida Urganch shahar bo`yicha IIO FMB boshlig`i Yu.T.ga biriktirilgan “Lasetti” rusumli xizmat avtomashinasi ishtirokida yo`l transport hodisasi (yo`lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan) sodir bo`lgan.
Oqibatda, T.Yu hodisa joyida vafot etgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov o`tkazish yo`li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.






