Prezidentning tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Jumladan:
Ilhom Ibroximovich Norqulov vazirning birinchi o`rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan vazir o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Ahadbek Yahyobekovich Haydarov vazir o`rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Abdulaziz Abdulahadovich Haydarov vazir o`rinbosari etib tayinlandi, u bunga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi direktori edi;
Otabek Rustamovich Fozilkarimov vazir o`rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Bobur Botirovich Xodjaev vazir o`rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan Prezident Administrasiyasining bank-moliya, soliq sohalarini rivojlantirish va “xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish sho``basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Jasur Hazratqulovich Qarshiboev vazir o`rinbosari etib tayinlandi;
Murodbek Bekberganovich Atadjanov vazirlik huzuridagi G`aznachilik xizmati qo`mitasi raisi etib tayinlandi;
Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o`rinbosarlari Erkin Erkamovich Rustamov hamda Dilshod Shuhratovich Sultanov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etildi.






