Kecha, 6 avgust kuni soat 16:30 da Toshkent viloyati FVBga “Qorasuv” daryosining O`rtachirchiq tumani hududidan oqib o`tuvchi qismida ikki nafar o`smir yigit qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudilk bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari etib borgan. Ma`lum bo`lishicha, ikki nafar o`smir yigit daryo suvining sathi pastligidan foydalanib daryoning markaz qismida baliq ovlamoqchi bo`lishgan. Bir ozdan so`ng suv sathi ko`tarililib, oqim tezlashganligi bois, yigitlar qirg`oqqa chiqa olmagan.
Qutqaruvchilarning sa`yi harakatlari natijasida yigitlar sog`-salomat qirg`oqqa olib chiqilib, yaqinlariga topshirilgan.
07.08.2023 14:41
"Qorasuv" daryosida qolib ketgan 2 yigit qutqarildi






