O`zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O`zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o`rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to`g`risidagi bitim (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikasiya qilindi.
Bitim O`zbekiston va Pokiston o`rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi o`zaro hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yanada oshirish hamda mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi rejalashtirilgan.






