AsosiyDunyo

Erdo`g`on Putinga Ukrainada o`t ochishni to`xtatish uchun vositachilik qilishni taklif qilmoqchi

'Erdo`g`on Putinga Ukrainada o`t ochishni to`xtatish uchun vositachilik qilishni taklif qilmoqchi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Vladimir Putin bilan avgust oyiga mo`ljallangan muzokaralar chog`ida unga Ukraina bo`yicha tinchlik muzokaralarini qayta boshlashni taklif qiladi, deb yozadi “RIA Novosti” Turkiya etakchisi ma`muriyatidagi manbaga tayanib. Uning so`zlariga ko`ra, Erdo`g`on bu o`t ochishni to`xtatish bo`yicha muzokaralarga yordam berishiga umid qilmoqda.

“Erdo`g`on mojaroni hal qilishda o`z vositachiligini taklif qiladi, urushda g`olib bo`lmaydi, tinchlik jarayonida mag`lub bo`lmaydi, degan tezisni yana takrorlaydi. Ma`lumki, Anqara imkon qadar tezroq barqaror o`t ochishni to`xtatishga erishish va muzokara stoliga o`tirishni bir necha bor targ`ib qilgan. Biz sa`y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz», - deya ishontirgan ismini oshkor etmagan manba.

Kreml o`tgan hafta Putin va Erdo`g`onning ehtimoliy uchrashuviga tayyorgarlik ko`rilganini tasdiqladi. Rossiya Federasiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi Turkiyada bo`lishini ma`lum qildi. Uchrashuv joyi va vaqti hali kelishib olinmagan. Turkiya prezidenti uning avgust oyida bo`lishini kutmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar