Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20-25° bo`ladi.
07.08.2023 08:06
Bugun harorat 30-35 darajaga pasayib, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin






