18 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Naser Juda bilan uchrashdi.
Muloqot chog`ida ikki va ko`p tomonlama shakldagi, jumladan IHT va BMT doirasidagi O`zbekiston-Iordaniya munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o`zaro manfaat kasb etadigan boshqa sohalarda hamkorlikning aniq natijalariga erishishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta`kidlandi.
Uchrashuvda Iordaniya Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh ishtirok etdi.





