Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo`limi tomonidan "O`zenergoinspeksiya" Andijon hududiy bo`limi bilan hamkorlikda tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Paxtaobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ul shaxslari 2020-2022 yillar va joriy yilning 3 oyi davomida elektr ta`minoti uchun iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`mni kirim qilmasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Tekshiruv jarayonida etkazilgan zararning 315 mln so`mi undirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






