AsosiyJamiyat

O`zbekiston prezidentligi uchun muddatidan avval ovoz berish 28 iyun kuni boshlanadi

'O`zbekiston prezidentligi uchun muddatidan avval ovoz berish 28 iyun kuni boshlanadi'ning rasmi

2023 yil 20 iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisida caylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish, Prezidenti saylovini o`tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta`minlash, saylovga tayyorgarlik ko`rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditasiya qilish, saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axborotiga doir masalalar ko`rib chiqildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Majlisda Saylov kodeksiga binoan muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni o`z yashash joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish o`tkazilishi yuzasidan qaror qabul qilindi. Unga ko`ra, muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib 2023 yil 5 iyul kuni yakunlanishi belgilandi va saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etishi qayd etib o`tildi.

Muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to`g`risidagi MSKning qarori bilan 39nafar kuzatuvchi akkreditasiyadan o`tkazildi.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o`tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorga muvofiq 300 nafar mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditasiya qilindi. Umumiy hisobda akkreditasiyadan o`tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining soni 854 nafarni tashkil etmoqda.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar