“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–196-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish maqsadida, jumladan:
- ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko`rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi;
- birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlari integrasiya qilinadi;
- ruhiy holati buzilgan shaxslar dori vositalari bilan ehtiyojga ko`ra to`liq ta`minlanadi;
- aholi, ayniqsa, bolalar va o`smir yoshlarning ruhiy salomatligi mustahkamlanadi.
2023 yil 1 iyuldan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantiriladi.
2023 yil 1 avgustdan quyidagilar joriy etiladi:
- tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
- stasionar o`ringa ega bo`lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo`lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
- stasionar o`ringa ega bo`lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo`limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
- 2023/2024 o`quv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
2023 yil 1 iyuldan tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalaridagi psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suisidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.






