Sirdaryo viloyatida fuqaro giyohvand modda sotayotganida qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati hamda DXXning viloyat bo`yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Guliston tumani Ahillik mahallasida yashovchi E.S. 2,55 gramm gashish giyohvandlik vositasini ikki million so`m pul evaziga sotayogan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro E.S.ga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Shuningdek, fuqaro E.S. bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, uni noqonuniy o`qotar quroli borligi va ushbu qurolni Guliston tumani Ahillik mahallasida yashovchi U.N.ga saqlash uchun berganligi aniqlangan.
Tezkor ma`lumot asosida, U.N. bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, U.N.dan 1961 yilda ishlab chiqarilgan TOZ rusumli 2 stvolli bir dona qo`ndog`i qirqilgan ov quroli va ikki dona 16 kalibrli patronlar hamda tahminan 200 grammga yaqin poroxlar holislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






