AsosiyJamiyat

Surxondaryoda erkak ayolini dalada ishlamagani uchun kaltakladi (video)

'Surxondaryoda erkak ayolini dalada ishlamagani uchun kaltakladi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda bir erkak uyida ayolini ayovsiz do`pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yilning 18 iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Sho`rchi tumani “To`la” mahallasida yashovchi E.X. turmush o`rtog`i B.S.ga yashash uyining tomorqasiga ekilgan makkaning o`tini olishni bir necha bor aytgan. Biroq, turmush o`rtog`i B.S. “ogorodinga kirmayman, menga makka kerak emas!", deb, gap qaytargan.

Shundan so`ng, E.X. jahli chiqib, qo`li bilan urgan, B.S. yana gap qaytaravergandan so`ng, supada turgan elektr simi bilan B.S.ning badaniga urib, tan jarohati etkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan, hozirgi vaqtda profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga yuborish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar