“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–194-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo-davlatlar hukumatlari o`rtasida soddalashtirilgan bojxona yo`lagini joriy etish to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta`minlaydi.






