AsosiyJamiyat

Samarqand va Andijonda er maydonlarini noqonuniy sotayotganlar qo`lga tushdi

'Samarqand va Andijonda er maydonlarini noqonuniy sotayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Tayloq tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.P. “X.S.” fermer xo`jaligiga qarashli 20 sotix er maydonini fuqaro G`.A.ga firibgarlik yo`li bilan 75 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Marhamat tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “M-a.” MChJ brigadiri T.G`. fuqaro X.A.ga MChJning 3 gektar er maydonini 12 000 AQSh dollari evaziga bog`dorchilik faoliyati uchun rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar