AsosiyJamiyat

Rasman: O`zbekistonda Qurbon hayiti kuni aniq bo`ldi

'Rasman: O`zbekistonda Qurbon hayiti kuni aniq bo`ldi'ning rasmi

 O`zbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish bo`yicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hay`atlaridan olgan ma`lumotlariga ko`ra, hijriy 1444 yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023 yil 18 iyun kuni quyosh botgandan so`ng sodir bo`lgan (tug`ilgan).

Ma`lumki, hijriy-qamariy yil hisobi bo`yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini ta`limotlari va mazkur ma`lumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga to`g`ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar