Bugun, 19 iyun kuni soat 12:42 da Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida qurilishi tugallanmagan kalava ip va rangli ip ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi.
FVV xabariga ko`ra, yong`in joyiga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 12:45 da etib borib, soat 12:48 da yong`in o`rab olingan va soat 13:02 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida sex binosining 150 kv.m maydonida tom qismi, operator va qarovul xonasining ichki qismi yonib zararlangan. Yong`indan binoning 2000 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Qo`qon shaharidagi “Buyuk ipak yo`li savdo kompleksi”, “Rizq baraka savdo kompleksi” va “Qo`qon istiqlol savdo kompleksi” MChJlari hududida katta yong`in sodir bo`lgan edi.






