AsosiyJinoyat

Jizzaxda 6-sinf o`quvchisini zo`rlagan erkakka 2 yil ozodlikni cheklash jazosi berilgani noqonuniy deb topildi

'Jizzaxda 6-sinf o`quvchisini zo`rlagan erkakka 2 yil ozodlikni cheklash jazosi berilgani noqonuniy deb topildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Jizzax viloyatida erkak 6-sinf o`quvchisini zo`rladi va 2 yil ozodlikni cheklash jazosini oldi. Bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida norozilik va muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi 21 yoshli erkak 2022 yil yoz oylarida mahalladoshi orqali uni dugonasi bo`lgan voyaga etmagan 2010 y.t. yilda tug`ilgan T.K bilan tanishib bir-birlarini yoqtirib qolishib u voyaga etganda birganlikda turmush qurishlari haqida kelishib oladi. Kuzda erkak qiz yashaydigan shaharga boradi, dugonasi ikkisini aylantirib keladi. Kech bo`lib qolganligi uchun ularni shu tumanda yashovchi bobosining uyiga olib boradi, qiz qarindoshlariga yoqib qoladi. Dugonasi uxlaganidan so`ng qizning roziligi bilan jinsiy aloqa qilishadi. Ertasiga qiz uyiga qaytadi, erkak uning uyiga borib qizning roziligi bilan yana jinsiy aloqa qilishadi. Erkak aybiga iqror bo`ldi, qiz va uning onasi erkakka nisbatan da`vosi yo`qligini bildirishgan.

Dastlabki tergov organlari ishni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo`lish” bo`yicha kvalifikasiya qilishdi. Sud muhokamasida sudya ishni ayni moddaning 1-qismiga o`zgartirdi. Sudlanuvchi aybdor deb topilib, unga 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Ayni paytda Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Mirzacho`l tuman sudining T.X.ga nisbatan chiqarilgan hukmining qonuniyligi o`rganildi. 

O`rganishda, T.X.ning jinoiy qilmishini malakalash va jazo tayinlashda sud tomonidan jinoyat - prosessual qonunchilik talablariga to`liq rioya qilinmaganligi inobatga olinib, jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax viloyati sudi apellyasiya instansiyasi sudlov hay`atiga hukmni bekor qilib, yangi ayblov hukmi chiqarish yuzasidan protest keltirildi.

    Boshqa yangiliklar