AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ochiq maydonda yong`in yuzaga keldi

'Toshkentdagi ochiq maydonda yong`in yuzaga keldi'ning rasmi

Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan quruq o`t-xashakdan iborat ochiq maydonda yong`in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18 iyun kuni soat 20:06 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Bobur" MFY hududidagi tahminan 300 m kv ochiq maydonda quruq o`t va xashaklar yongan. Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 20:18 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 20:38 da o`rab olingan hamda soat 20:42 da bartaraf etilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar