“O`zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ulug`bek Ro`ziqulov O`zbekiston gimnastika federasiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 17 iyun kuni O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasida O`zbekiston gimnastika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tgan.
Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining o`rinbosari Shahrullo Mahmudov (onlayn), MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qo`mita raisi o`rinbosari Azizjon Komilov, Go`zal Mo`minova boshchiligidagi federasiya mutasaddilari, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari vakillari ishtirok etishgan.
Tadbirda MOQ bosh kotibi O`zbekiston gimnastika federasiyasi raisi lavozimiga federasiya bosh homiysi “O`zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ro`ziqulov Ulug`bek Ubaydullaevich nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo`llab-quvvatlashdi va U.Ro`ziqulov O`zbekiston gimnastika federasiyasining raisi etib saylandi.






