Bugun, 18 iyun kuni soat 21:10 da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Xishrav-2” qo`rg`oni hududidagi yangi qurilayotgan binoda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko`ra 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 21:20 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 22:00 da o`rab olingan va soat 22:18 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida qurilishda foydalaniladigan uskuna (opalubka) yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Voqea joyiga viloyat hamda shahar FVB rahbar xodimlari chiqishgan.
Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






