Energetika vazirligining xabar berishicha, Samarqand viloyatida kuchli shamol natijasida soat 11:30 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`chirildi.
Buning natijasida Jomboy, Pastdarg`om va Bulung`ur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilish kuzatilmoqda.
"Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so`ng elektr ta`minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida kuchli chang to`zon va bo`ronlar kuzatilayotgani aks video xabarlar tarqamoqda.






