AsosiyDunyo

Hindistondagi jazirama 34 kishining hayotiga zomin bo`ldi

'Hindistondagi jazirama 34 kishining hayotiga zomin bo`ldi'ning rasmi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi jazirama ikki kun davomida 34 kishining hayotiga zomin bo`ldi.

Hindiston sog`liqni saqlash rasmiylari jamoatchilikni issiq havodan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan oqibatlar haqida ogohlantirdi.

Ayni vaqtda Hindiston meteorologiya departamenti Uttar-Pradesh shtatining Balliya tumanida havo harorati mavsumiy me`yordan oshib, 42,2 darajaga etganini ma`lum qildi.

O`z navbatida hind shifokorlari 60 yoshdan oshganlarga ko`chaga chiqmaslikni maslahat berishdi.

Xususan, Uttar-Pradesh shtatida ikki kun ichida issiqdan vafot etgan 34 kishining barchasi 60 yoshdan oshgan yosh guruhiga mansub. Anomal havo harorati kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin, deydi shifokorlar.

Aprel, may va iyun oylari odatda Hindistondagi eng issiq oylar hisoblanadi. So`nggi yillarda bu mamlakat issiq harorat ta`sirini tobora ko`proq his qilmoqda.

Issiqlik odatda suv tanqisligini keltirib chiqaradi va shu bilan millionlab odamlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar