O`zbekiston iftixori, boks bo`yicha Jahon va Osiyo chempioni Shahram G`iyosov Harold Kalderon ustidan g`alaba qozondi.
AQShning Nyu-Orlean shahrida o`tkazilgan WBA Eliminator jangida Shahram G`iyosov amerikalik tajribali Harold Kalderon bilan to`qnash keldi.
12 raundga mo`ljallangan mazkur jang yakunlariga ko`ra hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz Shahram G`iyosov g`alaba qozondi.






