AsosiyJamiyat

Qo`qondagi bozorda sodir bo`lgan yong`indan jabr ko`rganlardan shtabga murojaat qilishlari so`ralmoqda

'Qo`qondagi bozorda sodir bo`lgan yong`indan jabr ko`rganlardan shtabga murojaat qilishlari so`ralmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 12 iyun kuni shahardagi “Buyuk ipak yo`li savdo kompleksi”, “Rizq baraka savdo kompleksi” va “Qo`qon istiqlol savdo kompleksi” MChJlari hududida yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganlik oqibatida yong`in kelib chiqqan edi.

Mazkur holat yuzasidan 13.06.2023 yil kuni Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchilaridan iborat guruh tomonidan tadbirkorlarga etkazilgan moddiy zararni aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yong`indan jabr ko`rgan fuqarolarga qulaylik yaratish uchun Qo`qon shahridagi 39-maktab binosida tergov guruhi shtabi tashkil etilgan. Yong`in oqibatida zarar ko`rgan tadbirkorlar ushbu shtabga murojaat etishi so`raladi.

    Boshqa yangiliklar