Uzbekistan Airways 19 va 20 iyun kunlari qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishini e`lon qildi.
Jumladan, 19 iyun kuni Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha parvoz amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 19 iyun kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishi bo`yicha ham qo`shimcha aviaqatnov rejalashtirilgan.
20 iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 20 iyun kuni Toshkent – Qarshi – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniya sayti, "UzAirways" mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.






