AsosiyDunyo

Rossiyada “Mister sidr” ichimligidan zaharlanish oqibatida vafot etganlar soni 36 kishiga etdi

'Rossiyada “Mister sidr” ichimligidan zaharlanish oqibatida vafot etganlar soni 36 kishiga etdi'ning rasmi

Rossiya hududlarida iyun oyi boshidan beri surrogat alkogoldan zaharlanish qurbonlarining umumiy soni 106 kishiga etdi, ulardan 36 nafari vafot etdi. Bu haqda sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma`lum qildi.

“Jami 106 kishi jabrlandi, ulardan besh nafari bola. 36 kishi halok bo`ldi, ulardan biri bola”, - dedi Murashko. To`qqiz kishi kasalxonada, deya qo`shimcha qildi u.

Samara viloyatida "Mr. Sider" ichimlik brendi tomonidan ishlab chiqarilgan zaharlanishning birinchi holatlari 5 iyun kuni ma`lum bo`ldi. Tekshiruv natijasida ichimlik tarkibidagi metanol va butan aralashmalari aniqlangan. Rospotrebnadzor va Rosalkogolregulirovanie xodimlari 17 ta hududda 70 ming litrdan ortiq surrogat sidrni musodara qildi.

Tergov qo`mitasi tomonidan mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish (Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi) bo`yicha ish qo`zg`atilgan. Tadbirkor Anar Huseynov, shuningdek, Dmitriy Egorov va polisiya serjanti Ivan Grebenkin hibsga olindi, ular tergovga ko`ra, Ichki ishlar vazirligi omborlaridan sidr ishlab chiqarish uchun spirtli ichimliklarni o`g`irlab, uni Artem Hayrapetyanga sotganlar.

    Boshqa yangiliklar