QazaqGaz va Gazprom Rossiya gazining O`zbekistonga tranziti bo`yicha shartnoma imzoladi
Hujjat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolangan, deb xabar berdi Sputnik Uzbekistan` Qozog`iston Energetika vazirligiga tayanib.
Shuningdek, Qozog`iston va Rossiya energetika vazirlari Rossiya neftining tranziti bo`yicha kelishuvlarni 2033 yil oxirigacha uzaytirgan. Hajmlar ham 10 mln tonnaga etkazilishi belgilangan.






