Ijtimoiy tarmoqlarda G`ijduvon tumanidagi 53-DMTT tarbiyalanuvchilariga nisbatan qo`pol munosabatda bo`linganligi haqidagi videolavha tarqalgan edi.
Mazkur videolavhaga Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Mazkur holat joriy yilning fevral oyida sodir etilganligi, ta`lim tashkilotining sobiq direktori kuzatuv kameralari orqali bu holatni aniqlagan bo`lsada, tarbiyachilarga nisbatan jazo choralarini ko`rmaganligi aniqlangan.
O`rganishlar xulosasiga ko`ra, qo`pollikka yo`l qo`ygan 2 nafar tarbiyachiga nisbatan belgilangan tartibda “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi belgilangan.






