AsosiyJamiyat

Bugun Ozarbayjonda Milliy najot kuni nishonlanmoqda

'Bugun Ozarbayjonda Milliy najot kuni nishonlanmoqda'ning rasmi

Ozarbayjonda 1993 yil iyun oyida yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat fuqarolar urushi xavfini yuzaga keltirdi.

O`sha paytda Ganjada joylashgan 709-sonli harbiy qism Mudofaa vazirligiga bo`ysunishdan bosh tortdi. Qo`zg`olonni bostirish uchun hukumat Ganjaga qo`shin yubordi. Biroq mamlakat rahbariyatining nodon siyosati natijasida qo`zg`olon ko`lami tobora kuchayib, nazorat qilib bo`lmaydigan darajaga etdi. Ganjadan qo`zg`olonchi harbiy qismlar poytaxtga ko`chib o`tdi. Ular qo`zg`olonga boshchilik qilib, hokimiyatni almashtirishni talab qildilar. Bu vaziyatdan chiqish uchun NFA – Musavat partiyalarining hukmron tandemi so`nggi lahzada yordam so`rab Haydar Alievga murojaat qildi.

O`sha paytda Ozarbayjon Naxchivan Muxtor Respublikasi Oliy Kengashi raisi lavozimida ishlagan taniqli jamoat va siyosiy arbob Haydar Aliev taklifni qabul qilib, 9 iyun kuni Bokuga uchib bordi. Mamlakatni fuqarolar urushidan qutqarish missiyasini o`z zimmasiga olgan Haydar Aliev hayotini xavf ostiga qo`yib, Ganjaga yo`l oldi. Muzokaralar natijasida u Ozarbayjonda fuqarolar to`qnashuvining oldini olishga muvaffaq bo`ldi.

1993 yil 15 iyunda Haydar Aliev Ozarbayjon Respublikasi Oliy Kengashining raisi etib saylandi. O`sha paytdan boshlab Ozarbayjonning bugungi kungacha davom etayotgan yangi tarixida rivojlanishning yana bir muvaffaqiyatli bosqichi boshlandi.

1998 yildan boshlab 15 iyun davlat darajasida Najot kuni sifatida nishonlanadi va ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar