AsosiyJamiyat

Shahnoza Mirziyoeva Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan aytilmoqda

'Shahnoza Mirziyoeva Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan aytilmoqda'ning rasmi

Aytishlaricha, Shahnoza Mirziyoeva Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga, Muxtorxon Tashxodjaev agentligi direktori o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bu haqda Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qilingan xabarda ma`lum qilingan.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi delegasiya Ozarbayjonda bo`lib turibdi.

Ushbu tashrif doirasida tashkil etilgan tadbirda delegasiya a`zolari – Agentlik direktorining birinchi o`rinbosari Shahnoza Mirziyoeva xonim va direktor o`rinbosari Muxtorxon Toshxo`jaev, shuningdek, O`zbekiston “Zamin” jamg`armasi ijroiya qo`mitasi rahbari Tamila Alieva ham ishtirok etganligi bayon etiladi xabarda.

Yig`ilishda ikki davlat o`rtasida kelgusida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, innovasion echimlarni qo`llash, elektron texnologiyalar kabi yo`nalishlarda hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib ztamiz, O`zbekistondagi rasmiy manbaalarga ko`ra, Shahnoza Mirziyoeva Maktabgacha ta`lim vazirligi bosh boshqarma rahbari hisoblanadi

 

    Boshqa yangiliklar