AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning qoraqalpog`istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi

'Shavkat Mirziyoevning qoraqalpog`istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi'ning rasmi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevning qoraqalpog`istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni o`zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

Islohotlarimiz natijasiga baho beradigan eng xolis hakam, bu – xalqimiz — Shavkat Mirziyoev.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev ayni damda qoraqalpog`istonlik saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazmoqda. U o`tgan yillar davomida qilingan ishlar haqida to`xtalib o`tdi:

➖ Qoraqalpog`istonda 51 ming oilaning uy-joy sharoiti yaxshilandi;

➖aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash darajasini 71 foizga etdi;

➖ Orol dengizining qurigan hududi o`rnida 1 million 800 ming gektar yashil o`rmonzor barpo etildi;

➖ bog`chalar qamrovi 28 foizdan 81 foizga, ularning soni esa 317 tadan 1 ming 600 taga ko`paydi;

➖ 172 ta maktab mukammal ta`mirlangani, 104 ta maktabda qo`shimcha binolar barpo etilgani hisobiga, 118 mingta yangi o`quvchi o`rni yaratildi;

➖ Qoraqalpog`istondagi oliygohlar soni 2 barobar ko`payib, 12 taga etdi;

➖ oliygohlarga qabullar soni esa 3,5 marta oshib, qamrov 19 foizdan 46 foizga o`sdi. Hozirgi vaqtda bu erda 58 ming talaba tahsil olmoqda.

“Albatta, qilingan ishlar haqida ko`p gapirish mumkin, lekin islohotlarimiz natijasiga baho beradigan eng xolis hakam, bu – xalqimiz”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar