AsosiyDunyo

Dunyodagi har o`ninchi bola majburiy mehnatga jalb qilingan

'Dunyodagi har o`ninchi bola majburiy mehnatga jalb qilingan'ning rasmi

Har yili 12 iyun butun dunyoda “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi.

Ayni paytda dunyoda 160 million bola (63 million qiz va 97 million o`g`il bola) “bolalar mehnati”ga jalb qilingan.

Dunyoda har o`ninchi bola “bolalar mehnati”ga jalb qilingan bo`lsa, har beshinchi boladan kamida bittasi rivojlanmagan mamlakatlarda ishlashga majbur.

Afrikaning Sahroi Kabirdan janubi-g`arbiy qismida bolalarning qariyb 26 foizi “bolalar mehnatiga jalb qilingan”, bu dunyo bo`ylab eng yuqori ko`rsatkichdir. Lotin Amerikasi va Karib havzasida bolalarning taxminan 7 foizi xavfli ishlarga jalb qilingan.

Rivojlanmagan mamlakatlarda 5 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan har to`rt boladan kamida 1 nafari xavfli kasblarda ishlashga majbur.

    Boshqa yangiliklar