AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Rossiyani qo`llab-quvvatlashga tayyor

'Shimoliy Koreya Rossiyani qo`llab-quvvatlashga tayyor'ning rasmi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan "kuchli davlat" qurish istagi borligini ma`lum qildi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim  Chen In Putinga "Rossiya kuni" munosabati bilan tabrik yo`llagan, unda u rus xalqini "to`liq qo`llab-quvvatlashi va birdamligi"ni izhor qilgan. Shuningdek, u Rossiya Federasiyasi "suveren davlatlarni himoya qilishning muqaddas vazifasi  timsoli" ekanligini aytdi. KXDR rahbari Rossiya Federasiyasi bilan yaqinroq strategik hamkorlikka tayyor ekanini ham ta`kidlagan. Uning qo`shimcha qilishicha, ikki mamlakat xalqlari "qudratli davlat qurish, jahon tinchligi va xavfsizligini ishonchli himoya qilishdek buyuk maqsadga erishish"ga mushtarak intilishadi.

    Boshqa yangiliklar