Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida “Jiguli”da yong`in chiqib, portlab ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati bergan xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 13 may kuni soat taxminan 20:43 larda Chiroqchi tumani “Choshtepa” MFY Sayidobod ko`chasida “Vaz-2101” mashinasi yonayotgani to`g`risida tumani FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko`ra, zudlikda bitta yong`in qutqaruv ekipaji soat taxminan 20:47 larda manzilga etib borgan va yong`inni soat 20:55 larda to`liq bartaraf etgan.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu avtomobil Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro A.T. boshqaruvida bo`lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sabablari va zarari aniqlanmoqda.






