Avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida erkak kishi o`z farzandlarini qiynoqqa solayotganligi aks etgan video tarqalgani xabar qilingan edik.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2022 yilning sentyabr oyida Yangiyo`l tumani Guliston mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush o`rtog`i N.F.dan o`ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
"Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 13 may kuni Yangiyo`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan" deyiladi xabarda.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.






