AsosiyJamiyat

Toshkentda janjal oqibatida jarohatlangan o`quvchining ko`zida jarrohlik operasiyasi o`tkazildi

'Toshkentda janjal oqibatida jarohatlangan o`quvchining ko`zida jarrohlik operasiyasi o`tkazildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabda yana janjal” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi bayonot berdi. 

Unga ko`ra, janjal 2023 yil 12 aprel chamasi soat 11.30 lar atrofida Yunusobod tumanidagi 98-maktabda sodir bo`lgan. Maktabning   8-“B” sinf o`quvchilari X.M. va S.A. joy talashib, janjallashish oqibatida bir-biriga zarar etkazishgan. Natijada tan jarohati olgan X.M.nini sinfdoshlari tibbiyot xonasiga olib borishgan. Shu zahoti tez tibbiy yordam chaqirtirilib, birinchi yordam ko`rsatilgan. Kaltaklangan o`quvchi o`z onasi hamda akasini chaqirgan. Voqea joyiga IIB tomonidan biriktirilgan xodimlar, mahalla inspektorlari, Milliy gvardiya xodimlari etib kelgan. X.M.ning onasi maktabga kelgan IIB xodimlari ishidan qanoat qilmasdan 2-3 marotaba 102 raqamiga qo`ng`iroq qilgan.  Maktab shifokori 103 tez tibbiy yordamini chaqirtirgan. Onasi o`g`lini tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga olib ketgan.  

Achinarlisi, shu kuni taxminan soat 15 lar atrofida X.M. ning akalari yigitlar bilan maktabga bostirib kirgan. Ustozlarni haqoratlab shaxsiyatlariga tegib, dars jarayonlariga xalaqit berishgan va maktab ma`muriyatini qo`rqitgan. Maktab ma`muriyati mahalliy uchastka nozirlari hamda Milliy gvardiya xodimlariga xabar bergach, “Posira” MFY inspektori Q. Tasiboev voqea joyiga etib kelib X.M. ning akalarini profilaktika  xonasiga olib ketgan. Yakunda X.M. ning akalariga nisbatan 7 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi berildi.  

Jabrlangan o`quvchi 13 kun davomida shifoxonada davolangan.  Ekspertiza xulosasiga ko`ra, unga o`rtacha tan jarohati etkazilgan. May oyining boshida o`quvchi X.M. ning ko`z qismida rejali jarrohlik operasiyasi o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar