Rossiya Tergov qo`mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin matbuot anjumani chog`ida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlarning safarbar etilishi haqidagi fikrlarga qo`shilishini aytib o`tdi.
Migrantlar soni ortib bormoqda va shu bilan birga ular tomonidan sodir etilgan og`ir jinoyatlar soni ham keskin ortib bormoqda. Masalan, 2021 yilda 11 ming, 2022 yilda esa 15 ming kishi og`ir turdagi jinoyatlarni sodir etgan.
Bastrikinning qo`shimcha qilishicha, bu eng katta shaharlarda yaqqol namoyon bo`ladi.






