AsosiyJamiyat

Toshkentda Osiyo ko`zi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi ish boshladi

'Toshkentda Osiyo ko`zi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi ish boshladi'ning rasmi

Bugun O`zbekistonda ilk bor Osiyo ko`zi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi ish  boshladi, deb xabar bermoqda ”Dunyo” AA.

11-12 may kunlariga   belgilangan assambleya O`zbekiston Adliya vazirligining ”Biz birgamiz“ ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Assambleyada jami 21 davlatning ko`zi ojizlar bo`yicha tashkilotlarining vakillari bo`lgan 60 nafar xalqaro va O`zbekiston ko`zi ojizlar uyushmasining 3 nafar mahalliy delegati hamda 30 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari tadbirda Jahon ko`zi ojizlar uyushmasining prezidenti Abel-Williamson Martine ishtirok etmoqda.

Assambleyada Osiyo ko`zi ojizlar uyushmasining o`tgan yillardagi faoliyati bo`yicha hisoboti, rahbar organlariga saylovlar bo`ladi.

Onlayn va raqamli ta`limga o`tish, davlat xizmatlarini ko`rsatish va biznesni olib borishda ko`rish qobiliyati buzilgan shaxslar duch keladigan to`siqlarni muhokama qilish, echimlar va tavsiyalar ishlab chiqish bo`yicha seminar o`tkaziladi.

O`zbekiston ko`zi ojizlar jamiyatining faoliyati to`g`risida hisoboti, O`zbekistonda keyingi yillarda Nogironligi bo`lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O`zbekistonning 2021 yil 7 iyunda Nogironlar huquqlari to`g`risidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) ratifikasiya qilish haqida qonuni qabul qilinganligi va uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot beriladi.

Tadbir davomida Jahon va Osiyo ko`zi ojizlar jamiyatlari bilan manfaatli memorandum va shartnomalarni imzolash nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar