AOKAda "O`zbekzargarsanoati" uyushmasi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida xalqaro ko`rgazma savdosi hamda sohada erishilgan yutuqlar va kamchiliklar haqida ma`lumot berildi:
Mazkur ko`rgazma savdosida dunyo zargarlik sanoatining etakchi kompaniyalari hamda yurtimizning mahalliy brendlari o`zlarining eksklyuziv mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.
Ko`rgazma doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi, bu esa mahalliy va xorijiy kompaniyalar o`rtasida o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rnatish imkoniyatlarini yaratadi.
Bundan tashqari tadbirda zargarlik buyumlarining chakana savdosi, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, zargarlik buyumlarini import va eksport qiluvchi kompaniyalar ham qatnashishi nazarda tutilgan.
Xalqaro ko`rgazma savdosi doirasida “Charming East” tanlovi tashkil etiladi.
Unda iqtidorli va iste`dodli zargarlarning turli yo`nalishdagi ishlanmalari xalqaro hakamlar hay`ati tomonidan baholanib, eng yaxshilari kelajakda zargarlik sanoatining nufuzli mukofoti bo`lishi kutilayotgan “Uzbek Jewellery Awards” bilan taqdirlanadi.






