Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jarohatidan forig` bo`lib safga qaytgan Krishtianu Ronaldu haqida o`z fikrini bildirdi.
“Ronalduning safga qaytishi haqida nima deb o`ylayman? Tarkibga dunyoning eng yaxshi futbolchisi qaytganda nima deb o`ylash mumkin? Albatta men mamnunman. Krishtianu Krishtianuligicha qoladi. Ronaldu yanada ko`proq sovrinlar yutishni istaydi”, – dedi Santush.
Avvalroq Evro–2016 g`olibiga aylangan Ronaldu Jahon chempionatida ham g`olib bo`lish imkoniyati bor ekanini ta`kidlagandi.





