AsosiyJamiyat

Farg`onada paxta saqlash punktida yong`in sodir bo`ldi

'Farg`onada paxta saqlash punktida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 9 may kuni Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan paxta saqlash punktida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, soat 11:05 da Oltiariq tumani “Ibn Sino” MFY hududidagi xususiy korxonaga qarashli paxta buntida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 11:10 da etib borgan, yong`in 11:13 da o`rab olinib, 11:30 da to`liq o`chirilgan.

Yong`in oqibatida 1 dona 200 tonnalik paxta buntida 500 kilogramm paxta yonib zararlangan. Yong`indan 1 dona buntdan 199,5 tonna paxta saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar