Hududlarda o`tkazilgan o`rganishlarda aniq muddat bilan vazifalar bajarilishi belgilangan bo`lishiga qaramay topshiriqlar bajarilmagan. Bu haqda Viloyat hokimi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, viloyat hokimining o`rinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi ta`minlanmagan.
Ijro intizomini o`z holiga tashlab qo`ygan viloyat hokimining o`rinbosarlari ogohlantirildi. Qishloq xo`jaligi kotibiyat mudiri, “Surxondaryo HETK” AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqo`rg`on, Sherobod va Sho`rchi tuman bo`limlari, “Surxondaryoavtoyo`l”, “Surxondaryo suv ta`minoti”, “Suv ta`minoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi bo`yicha” boshqarmasi, “Yagona buyurtmachi xizmati”, “Hududgazta`minot”, “O`zneftgazinpeksiya” va “O`zenergonazorat” bo`limlari rahbarlariga, bir nechta tuman hokimi o`rinbosarlariga intizomiy jazo qo`llash topshirig`i berildi.






