Velosportning shosse turi bo`yicha "Oqtosh-Chorbog` Mountain" xalqaro musobaqasi o`tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14 may kunlari Toshkent viloyatining Bo`stonliq va Yuqorichirchiq tumanlaridan o`tgan avtomobil yo`llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
10- may kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo`stonliq tumani hududidan o`tgan 4P10 "Chorbog` suv ombori halqa yo`li" avtomobil yo`lining 80-70 kilometri (Chorbog` suv ombori ko`prigi) oralig`ida transport vositalari harakati to`liq cheklanadi.






