AsosiyJamiyat

Elektron xizmat ko`rsatuvchi xorij kompaniyalari joriy yilning 4 oyida 32,4 mlrd so`m soliq to`lagan

'Elektron xizmat ko`rsatuvchi xorij kompaniyalari joriy yilning 4 oyida 32,4 mlrd so`m soliq to`lagan'ning rasmi

Soliq qo`mitasi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, ayni paytda O`zbekiston hududida bu borada o`z xizmatlarini taklif qilayotgan xorij kompaniyalari 42 tani tashkil qilmoqda.

Bu ko`rsatkich joriy yil avvalida 40 ta bo`lgan bo`lsa, o`tgan yilning yanvarida 31 tani tashkil qilgan.

Xuddi shunday ularning xizmatlari hajmi ham o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshib, 122,9 mlrd so`mni tashkil qilgan (2022 yilda 69,3 mlrd so`m).

Davlat byudjetiga to`langan soliqlar ham 2022 yilda 19,4 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa, hisobot davrida 32,4 mlrd so`mga etgan.

Eng yirik soliq to`lovchilar beshtaligida quyidagi kompaniyalar qayd etilgan: 

Meta – 12 mlrd 115,2 mln so`m;

Google – 9 mlrd 345 mln so`m;

Apple – 5 mlrd 985 mln so`m;

Booking.com – 1 mlrd 148,6 mln so`m;

Netflix – 1 mlrd 108,7 mlrd so`m.

    Boshqa yangiliklar