AsosiyJamiyat

Hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

'Hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

Bu haftasi davomida O`zbekiston hududi bo`yicha havo asosan kam bulutli va quruq bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.

Havo harorati asta-sekin ko`tariladi va hafta o`rtasiga kelib kechalari 13-18o ni, kunduz kunlari 30-35o ni tashkil etadi, janubda va cho`l hududlarda 36-38o gacha bo`ladi. Bu may oyining ushbu davri uchun o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-7o ga yuqoridir.

12 mayda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nisbatan nam havo kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunzgi havo harorati 2-3o ga pasayadi va 27-32o ni tashkil etadi.

8-9 may kunlari shimolda, 11-12 may kunlari esa respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda 8 va 11-12 mayda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg`irlar yog`ishi mumkin.

Poytaxtimizda 8-11 mayda havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorati 8 mayda 25-27o gacha, 10-11 may kunlari 32-34o gacha asta-sekin ko`tariladi.

12 mayda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzgi harorat nisbatan pasayadi.
 

    Boshqa yangiliklar