AsosiyJamiyat

Energetika loyihalari tufayli 100 milliard dollar xalq ixtiyorida qoladi - Erdog`an

'Energetika loyihalari tufayli 100 milliard dollar xalq ixtiyorida qoladi - Erdog`an'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`on ijtimoiy tarmoqda energiyaga yo`naltirilgan sarmoyalar haqida xabar bilan o`rtoqlashdi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

“Biz xalqimizga tasavvur qila olmaydigan manbani taklif qilmoqdamiz. Biz bunga qanday erishdik?  Qora dengizdagi tabiiy gazimiz, Gabarda topilgan neftimiz, Konyada qurgan eng katta quyosh elektr stansiyasi va Akkuyu kabi loyihalar bilan amalga oshirildi. Bu bilan xorijga yuborilgan 100 milliard dollarlik energiya puli endi xalq ixtiyorida bo`ladi”, deydi Erdo`g`an.

Prezident bu mablag`lar sarmoya, bandlik, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash sifatida xalq cho`ntagiga tushishini ta`kidladi. Prezident bu maqsadlar uchun zarur mexanizmlar yaratila boshlaganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar