AsosiyJamiyat

Yangi tahrirdagi Konstitusiyadan sog`liqni saqlash sohasiga doir qanday normalar o`rin olgan?

'Yangi tahrirdagi Konstitusiyadan sog`liqni saqlash sohasiga doir qanday normalar o`rin olgan?'ning rasmi

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 48-moddasida har kim sog`lig`ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.

Davlat sog`liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug`urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash choralarini ko`radi.

Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

    Boshqa yangiliklar