AsosiyJamiyat

Ilhom Aliev Ozarbayjonda O`zbekiston tomonidan qurilayotgan maktabga bordi

'Ilhom Aliev Ozarbayjonda O`zbekiston tomonidan qurilayotgan maktabga bordi'ning rasmi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev va birinchi xonim Mehribon Alieva O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston xalqi nomidan tuhfasi sifatida Fuzuli shahrida qurilayotgan 960 o`rinli maktab binosidagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

O`tgan yili boshlangan qurilish ishlarini joriy yilning dekabr oyida yakunlash rejalashtirilgani ma`lum qilindi. Ikki qavatli maktab binosi uch gektar maydonda qurilmoqda. Maktabda 40 ta o`quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funsional o`quv xonasi, majlislar zali, sport zali, oshxona, kutubxona mavjud bo`ladi.

Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o`tkazish joylari, yugurish yo`laklari, nazorat-o`tkazish punkti, qozonxona, transformator podstansiyasi barpo etiladi.

    Boshqa yangiliklar