AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yuk mashinasi uch kishini urib ketdi. Ular mast holatda bo`lgan

'Surxondaryoda yuk mashinasi uch kishini urib ketdi. Ular mast holatda bo`lgan'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 may kuni soat 15:30 larda Sariosiyo tumanida yashovchi 26 yoshli Q.B. JBC rusumli avtomashinasini mahalliy 4N-1581 yo`lining 6-kilometri, “Kelajak sari” mahallasi hududida boshqarayotganda mast holda yo`lning o`ngdan chap qismiga kesib o`tayotgan uch piyodani avtomashinasi bilan turtib yuborgan.

YTH natijasida fuqarolar M.Q. va Z.T. tan jarohati olib, tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan. Kasalxonada 1979 yilda tug`ilgan fuqaro M.Q. olgan og`ir tan jarohati oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar